Umumiy talablar
Maqola xalqaro IMRAD talablari asosida tayyorlanishi kerak:
- Kirish (Introduction) – muammoning bayoni, tadqiqot maqsadi.
- Adabiyotlar tahlili va metodologiya (Literature Review & Methods) – mavjud tadqiqotlar sharhi va qoʻllanilgan usullar.
- Natijalar (Results) – olingan natijalar va ularning tahlili.
- Muhokama (Discussion) – natijalarning talqini, ilmiy ahamiyati.
- Xulosa (Conclusion) – yakuniy xulosalar va tavsiyalar.
Maqolalar oʻzbek, rus, ingliz yoki tojik tillarida qabul qilinadi.
Annotatsiya va kalit soʻzlar
Annotatsiya 150–200 soʻzdan iborat boʻlib, maqolaning qisqacha mazmunini aks ettirishi kerak. Agar maqola oʻzbek, rus yoki tojik tilida yozilgan boʻlsa, annotatsiyadan keyin ingliz tilida Abstract beriladi.
Kalit soʻzlar 5–10 ta boʻlib, maqola mavzusini ifodalovchi asosiy tushunchalarni oʻz ichiga oladi.
Annotatsiya: Ushbu maqolada ...
Kalit soʻzlar: pedagogika, metodika, innovatsiya.
Maqola tuzilishi (IMRAD)
Har bir boʻlim quyidagi tartibda joylashtiriladi:
- KIRISH (INTRODUCTION) – tadqiqot dolzarbligi, maqsad va vazifalar.
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (LITERATURE REVIEW AND METHODS) – mavzu boʻyicha oldingi tadqiqotlar sharhi va tadqiqot usullari.
- NATIJALAR (RESULTS) – asosiy natijalar (jadval, diagrammalar bilan).
- MUHOKAMA (DISCUSSION) – natijalarni izohlash, boshqa tadqiqotlar bilan solishtirish.
- XULOSA (CONCLUSION) – xulosa va amaliy tavsiyalar.
Bibliografiya (References)
Adabiyotlar roʻyxati APA yoki Vancouver uslubida berilishi mumkin. Barcha manbalar matn ichida koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Muhim: Agar maqola oʻzbek, rus yoki tojik tilida yozilgan boʻlsa, asosiy adabiyotlar roʻyxatidan keyin REFERENCES nomli ingliz tilidagi takroriy roʻyxat beriladi (bir xil manbalar).
Xaytmetov, R. (2020). Immanuel Kant falsafasida olam va odam muammosi. Ma'mun Akademiyasi axborotnomasi, 5(2), 71-74.
Iqtibos va havolalar
Matn ichida iqtiboslar kvadrat qavs ichida [1] koʻrinishida beriladi. Barcha iqtiboslar adabiyotlar roʻyxatida toʻliq aks etgan boʻlishi kerak.
Masalan: "Materiallar va metodlar [1] ..."
Maxsus qoʻshimchalar
Agar maqolada jadvallar, rasmlar yoki formulalar boʻlsa, ular matn ichida joylashtiriladi va raqamlanadi (1-rasm, 2-jadval).
Maqola oxirida qoʻshimcha maʼlumotlar (Acknowledgments, Funding) keltirilishi mumkin.