Jurnalning 1 - soni
Annotatsiya
Mazkur maqolada professional-kommunikativ kompetentlik mohiyati, uning MTT tarbiyachisi faoliyatidagi ahamiyati, professional-kommunikativ kompetentlik tarbiyachi shaxsining oʻziga xos xususiyatlar majmui ekanli asoslangan. Har bir tarbiyachi ega boʻlishi zarur boʻlgan kompetentsiyalar: ijtimoiy kompetentlik, maxsus kompetentlik, psixologik kompetentlik, metodik kompetentlik, kreativ va komunikativ kompetentlik tushunchalari izohlangan.
Kirish
2024 yilning 21-fevral kuni ―Oʻzbekiston – 2030‖ strategiyasini ―Yoshlar va
biznesni qoʻllab-quvvatlash yili‖da amalga oshirishga oid Davlat dasturi
toʻgʻrisida‖gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Davlat dasturida bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 76
foizga yetkazish koʻzda tutilgan. Buning uchun 1400 ta davlat-xususiy sheriklik
asosidagi, shu jumladan, oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish
hamda investitsiya dasturi doirasida 43 ta maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish
va 133 tasini rekonstruktsiya qilish orqali 5570 ta qoʻshimcha yangi quvvatlar
yaratish belgilangan.
Аlbatta, oʻtgan yetti yillik vaqt va tajribadan kelib chiqib qaralsa, sohaga
davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining joriy etilishi tufayli har yili bu
yoʻnalishda davlat dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlar ortigʻi bilan
bajarib kelinmoqda. Xususan, yirik shaharlarimizdan tortib, chekka tumanlar,
qishloq va ovullarimizda yangi-yangi zamonaviy bogʻchalar barpo etilyapti.
Ushbu natijalar nafaqat yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, shu bilan
birga, minglab onalarga oʻz hududlarida tashkil etilgan yangi sanot korxonalarida
ishlab roʻzgʻorlari farovonligini oshirish, kasb-hunar oʻrganish imkonini ham
yaratib bermoqda.